"Borussiya"dagilar Mxitaryanning qolishiga umid qilishmoqda
Aslanov Jasurbek
20 may 2016
Dortmundning "Borussiya" ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatckening so'zlariga ko'ra, yarim himoyachi Genrix Mxitaryan bilan xayrlashish klub rejalariga kirmaydi.
"Kelasi mavsum oldidan 3 nafar futbolchi bilan xayrlashmaymiz. Chunki Mxitaryanning "Borussiya" bilan shartnomasi 2017 yilda yakuniga etadi. Ammo biz Genrixning klubda uzoq vaqt qolishiga umid qilyapmiz" - deydi Vatcke.