"Borussiya" Xoland ketsa, Kezani xarid qilishi mumkin

Alisher
24 sen 2021, 18:04
"Fiorentina"dan "Yuventus" ijaraga olgan forvard Federiko Keza faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

23 yoshli italiyalik futbolchi uchun Dortmundning "Borussiya" klubi da'vogarlik qilmoqda.

Nemis klubi Kezani yozgi transfer oynasida katta ehtimol bilan jamoadan ketadigan Erling Xolandga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Keza o'tgan mavsum "Yuventus" tarkibida 46ta o'yinda maydonga tushib, 15ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato