"Borussiya" Torres uchun kurashda yetakchi

Alisher
11 fev 2020, 11:00
"Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torres yozgi transferlar oynasida klubdan ketishi mumkin.

19 yoshli ispaniyalik  futbolchi uchun Yevropaning top-klublari qiziqish bildirmoqda. Bular ichida "Borussiya" (Dortmund), "Liverpul" va "Barselona" klublari ham bor.

Xabar qilinishicha, aynan nemis grandi o'yini bilan shartnoma imzolashga yaqin.

Torres joriy mavsum La Ligada 22ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports