"Borussiya" "Manchester Yunayted" himoyachisi Dalotga qiziqmoqda

Alisher
27 avg 2021, 14:54
Dortmundning "Borussiya" klubi "Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot uchun da'vogarlik qilmoqda.

Nemis klubi 22 yoshli portugaliyalikning bitimini transfer oynasi so'nggiga qadar amalga oshirmoqchi.

Dalot 2020/21 yilgi mavsum "Milan"da ijara asosida o'ynadi. Futbolchi "rossonerilar" tarkibida 33ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Transfermarkt futbolchini 10 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports