"Borussiya" "Manchester Siti" futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
28 may 2022, 13:17
Dortmundning "Borussiya" klubi "Manchester Siti" vingeri Jeyden Brafning transferini e'lon qildi.

Nemis klubi 19 yoshli niderlandiyalikni erkin agent maqomida o'z safiga qo'shib oldi va 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, o'yinchida bir necha klublardan, jumladan "Bayer"dan taklif bo'lgan edi, ammo u "Borussiya"ni tanladi.

Braf "Man Siti"ning asosiy jamoasida birorta ham o'yin o'tkazmagan, u "shaharliklar"ning yoshlar jamoasida harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: bvb.de