

Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi himoyachisi Rami Bensebayni Dortmundning "Borussiya" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi kelishuv bir necha kun avval imzolangan. Jazoirlik futbolchi yozda erkin agent sifatida "asalarilar"ga o'tadi.
27 yoshli himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.



