“Borussiya M” futbolchilari oliyjanoblikka qo'l urishdi

Eldor Akmurzayev
19 mar 2020, 19:45
Menxengladbaxning “Borussiya” jamoasi o'yinchilari koronavirus pandemiyasi paytida klubga yordam berish uchun maoshlarining qisqartirilishiga ham rozi bo'lishdi.

Shuningdek, klub rahbariyati va murabbiylar shtabi ham ushbu qarorni qo'llab-quvvatlashdi.

“Yigitlardan juda ham faxrlanaman. “Borussiya”ni yaxshi va yomon kunlarida ham qo'llashga tayyormiz. O'yinchilar “Borussiya”ga nimanidir qaytarishni xohlamoqda”, deya qayd etgan jamoa sport direktori Maks Eberl.

Bunday harakat menxengladbaxliklarga oyiga 1 million evroni tejashga imkon berishi taxmin qilinmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport