"Borussiya" hujumchisining agenti: "Biz "Inter" bilan kelishuvga erishdik"

Aslanov Jasurbek
5 avg 2017, 18:14
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Emre Mor "Inter"ga o'tishga yaqin turibdi.

Bu haqda futbolchining agenti Muzzi Oskan ma'lum qildi.

"Biz "Inter" bilan kelishuvga erishdik. "Napoli" haqidagi mish-mishlarga to'xtaladigan bo'lsak, bu yolg'on: Neapol klubi Morga qiziqmagan" - deydi agent.

So'nggi mavsum Mor Bundesliganing 12 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 1 ta gol urib, 2 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AreaNapoli