"Borussiya" Dortmundning navbatdagi uchrashuvi qoldirildi

Mirjalol Normatov
5 mar 2022, 00:29
Bundesliganing 25-turi doirasidagi "Maync" - "Borussiya" D uchrashuvi belgilangan kunda bo'lib o'tmaydi.

"Maync" klubi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, klubdagi koronavirus holati sababli o'yin boshqa kunga ko'chirilgan. Jamoa tarkibidagi 19 futbolchida virus aniqlangan.

Uchrashuv 6 mart kuni bo'lib o'tishi kerak edi. Endi bahsni 16 mart kuniga ko'chirishdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Buld