"Borussiya Dortmund" Sanchoning o'rniga Ispaniyadan o'rinbosar topib qo'ydi

Alisher
2 noya 2019, 13:15
Dortmundning "Borussiya" klubi "Valensiya" o'yinchisi Ferran Torresni kuzatmoqda.

"Sariq-qoralar" skautlari jamoaning "Sevilya"ga qarshi o'yinida qanot yarim himoyachisini kuzatishgani ma'lum bo'ldi.

Dortmundliklar nazarida Torres yozda jamoadan ketishi kutilayotgan Jeydon Sanchoning o'rniga mos o'yinchi sifatida ko'rilmoqda.

Ferran Torres Ispaniyaning U-17 va U-19 jamoalari tarkibida Yevropa chempioni bo'lgan.

Futbolchi joriy mavsum La Ligada 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca