"Borussiya Dortmund" "Bavariya" xavbekini sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
21 iyul 2023
"Bavariya" yarim himoyachi Marsel Zabitcerni yozgi transfer oynasida sotishi mumkin.

Ehtimoliy transfer narxi 15-20 million evroni tashkil qilishi mumkin. Ayni damda futbolchi kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yo'q. Agarda u "arilar" taklifiga rozi bo'lsa, klub texnik direktori Sebastyan Kel ushbu transfer borasida ishlarni boshlab yuboradi. Eng yaxshi variantda "Borussiya" ushbu masalani dushanba kunigacha hal qilmoqchi, aynan shu kuni jamoa AQSH turnesiga yo'l oladi. 

Eslatib o'tamiz, Avstriyalik "Bavariya"ga 2021 yilning avgust oyi oxirida "Leyptsig"dan o'tgan edi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport1.de