

Biroq futbolchining o'zi "Barselona" vakillariga Kataloniya klubiga o'tmoqchi ekanligini aytdi.
Agar "Borussiya" futbolchi bilan xayrlashadigan bo'lsa, bu faqat katta narx evaziga amalga oshadi: Nemis klubi o'z futbolchisi uchun 90 mln. evro talab qilyapti. "Borussiya"ning o'zi u uchun 15 mln. evro to'lagan.
Ispan grandi so'nggi mavsum oldidan Dembeleni "Renn"dan xarid qilmoqchi edi, biroq Dembele taklifni rad etdi. Futbolchi nomdor klubni emas, balki o'yin amaliyotini tanladi.
Dembele so'nggi mavsum Germaniya chempionatining 32 ta uchrashuvida 6 ta gol urdi va 13 ta golli pas berdi. Usmon Dembele va "Borussiya" o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozigacha belgilangan.



