“Borussiya D” Xolandning transfer narxini belgiladi

Eldor Akmurzayev
26 mar 2021, 21:15
Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Borussiya D” hujumchi Erling Xolandning transfer narxini 180 mln evro qilib belgiladi. Dortmunliklar ushbu strategiya orqali futbolchini sotib olmoqchi bo'lgan klublarni qo'rqitmoqchi va bu Xolandni yana bir mavsum jamoada olib qolishga imkon berishiga umid qilmoqda. “Borussiya” shu kabi taktikani Jeydon Sanchoga ham qo'llagandi.

Hozirda norvegiyalik hujumchiga “Man Siti”, “Chelsi”, “Real”, “Barselona” va “Bavariya” da'vogarlik qilmoqda.

U “Borussiya”ga o'tganidan beri klub libosida 49 uchrashuvda qatnashib, 49 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN