“Borussiya D” to'xtamayapti: navbatdagi nishon aniq - A Seriya to'purari

24 may 2019, 07:24
“Atalanta” to'purari faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.

A Seriyaning joriy mavsumida 36 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan “Atalanta” hujumchisi Duvan Sapata faoliyatini “Borussiya Dortmund”da davom ettirishi mumkin. Dortmund klubi vakillari futbolchining o'yinlarini anchadan beri kuzatib kelmoqda. Tez orada klub uning transferi borasida “Atalanta” klubiga rasmiy taklif bilan chiqadi.

Avvalroq Sapataga “Inter” va “Chelsi” ning qiziqayotganligi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild