"Borussiya D" asosiy darvozaboni bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
6 okt 2023, 10:35
Posbon mehnat shartnomasini yangiladi.

Dortmundning "Borussiya" klubi o'z darvozaboni Gregor Kobel bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi shartnoma 2028 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Shveytsariyalik darvozabon 2021 yilning iyulidan beri "Borussiya"da to'p tepmoqda. Kobel joriy mavsum barcha musobaqalarda "asalarilar" safida 9 ta o'yin o'tkazdi.

Transfermarkt portali darvozabonni 35 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bvb.de