"Borussiya" Braziliya terma jamoasi o'yinchisiga qiziqmoqda

Alisher
8 apr 2020, 10:20
"Gremio" yarim himoyachisi Everton Soares faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

24 yoshli braziliyalik vingerga Dortmundning "Borussiya" klubidan qiziqish mavjud.

Germaniya klubi allaqachon ehtimoliy transfer borasida "Gremio" bilan aloqaga chiqqan.

Xabar berilishicha, transfer 30 million evro evaziga amalga oshishi mumkin.

Everton joriy mavsum Braziliya chempionatida 8ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Globo Esporte