"Bornmut" yozda "Lokomotiv" futbolchisini xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
24 fev 2018, 15:59
"Bornmut" Moskvaning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Anton Miranchukga qiziqish bildirmoqda.

Ingliz klubining bosh skauti Stiv Gritt "Nicca" hamda "Lokomotiv" o'rtasidagi Yevropa ligasi 1/16 final ilk bahsida stadionda edi va "temiryo'lchilar" xavbeki o'yinidan mamnun bo'ldi. O'sha o'yinda 22 yoshli futbolchi golli pas berdi

Egasi rossiyalik biznesmen Maksim Dyomin bo'lgan "Bornmut" yozgi transfer oynasida Miranchukni sotib olmoqchi. Futbolchining shartnomasida tovon puli 7 mln. evro etib belgilangan.

Joriy mavsum Anton Miranchuk RFPLning 20ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com