"Bornmut" MYUdan 56 million evro so'ramoqda

Mirjalol Normatov
21 iyun 2019, 00:32
"Manchester Yunayted" "Bornmut" yarim himoyachisi Devid Bruksga bo'lgan qiziqishni yo'qotganicha yo'q.

"The Sun" xabariga ko'ra, mankunanliklar uni yozgi transferlar oynasidayoq o'z tarkibiga jalb qilmoqchi. Uning transferini MYU bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsherning o'zi istamoqda. "Olchalar" esa o'z xavbekini 56 million evroga baholamoqda.

21 yoshli Bruks o'tgan yili yozda "Sheffild" jamoasidan 11 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. Yakunlangan mavsumda u jamoasi tarkibida 33 o'yinda qatnashib, 7 gol urdi va 5 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun