

Abdulla Bo'riev (Bunyodkor futzal jamoasi bosh murabbiyi): "Qur'aga ko'ra ilk uchrashuvdanoq doim medallar uchun kurashadigan OKMKga qarshi bahs olib bordik. Birinchi bo'limni 0:3 hisobida boy berdik va tanaffusda shogirdlarim bilan yaxshilab suhbatlashib oldik. Ikkinchi taymda yigitlar ko'rsatmalarimni to'liq bajarishdi va hisob ham shunga yarasha bo'ldi. Jangovar durang".



