"Bo'ridan qo'rqqan o'rmonga bormaydi"."Xorazm" bosh murabbiyining qur'adan keyingi fikrlari

Narzulla Saydullayev
12 mar 2021, 22:51
"Xorazm" jamoasi Pro liganing dastlabki turida Farg'onaning "Istiqlol" klubini o'z maydonida qabul qiladi.

Qur'a tashlash marosimidan so'ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Ejov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qur'a tashlash marosimi odatdagidan farq qildi. Mavsumga tayyorgarlik davom etmoqda. Ruslarda shunday maqol bor: "Bo'ridan qo'rqqan o'rmonga bormaydi". Imkoniyat darajasida yaxshi o'rinlar uchun kurashishga harakat qilamiz. Hech kim pastki o'rinlarni egallashni istamaydi.

Mavsum davomida futbolchilarim o'zining ijobiy tomonlarini ko'rsatishiga ishonaman. Uchrashuvlarni jonli efirda translyatsiya qilinishi esa ularga qo'shimcha motivaciya beradi. Ko'rdingiz, Pro liganing o'tgan mavsumi juda ham shiddatli kechdi. Ayniqsa, so'nggi  "Neftchi"-"Turon" uchrashuvi haqiqiy finalga mos tarzda o'tdi. Intriga yuqori bo'ldi. Superliga yo'llanmasi va Pro ligada qolish uchun kurash qizg'in kechdi. Bu yil ham o'tgan yilgidan kam bo'lmagan holda o'yinlar qiziqarli o'tadi",- deydi Ejov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia