Bordo – PSJ. Ibragimovich va Pastore o'yinni o'tkazib yuborishadi
Narzulla Saydullayev
11 sen 2015, 08:08
PSJ vakillari Zlatan Ibragimovich va Xaver Pastore Bordoga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishadi.
Shvetsiyalik futbolchi Rossiyaga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Unga YCHL doirasidagi Malmega qarshi o'yindan oldin dam berildi, Pastore esa hamon sonidagi jarohatini davolamoqda.