Bonuchchi "Yuventus"ni "Tottenxem"ga almashtirishi mumkin

Sherzod Nurmatov
17 okt 2022, 12:20
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi faoliyatini Angliyada davom ettirish ehtimoli mavjud.

Manbaning xabariga ko'ra, 35 yoshli italiyalik Turin klubi rahbariyatiga qishki transfer oynasida jamoani tark etishni istayotganini aytgan. U "Tottenxem"ga yo'l olish ehtimoli yo'q emas.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" bosh murabbiyi "Yuventus" sobiq ustozi Antonio Konte hisoblanadi.

Bonuchchi joriy mavsum "Yuventus" safida 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia