Bonuchchi: "Yaxshiyamki Ronaldu bizga qarshi o'ynamaydi"

Aslanov Jasurbek
8 sen 2018, 17:08
"Yuventus" va Italiya terma jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchi Polshaga qarshi bo'lib o'tgan Millatlar ligasi 1-tur uchrashuvi (1:1) haqida fikr bildirdi.

"Ko'p marotaba to'pni keraksiz joyda yo'qotdik, xotirjamroq bo'lishimiz kerak, bu himoyachilarga ham tegishli. Polshaga bir nechta xavfli hujum yaratishga imkon berdik

Millatlar ligasidagi keyingi o'yinimiz Portugaliya terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Bu bahsda vaziyatni yaxshilaymiz deb umid qilaman, ammo durangdan so'ng tavakkal qilmaganimiz maqul. Krishtianu Ronaldu kuchli futbolchi, yaxshiyamki u bizga qarshi o'ynamaydi, ammo Portugaliya Yevropa chempioni, ularga past baho berib bo'lmaydi" - deydi Bonuchchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Rai Sport