Bonuchchi "Union"ni tark etishi mumkin

Sherzod Nurmatov
26 dek 2023
Italiyalik faxriy "Roma"ga o'tishga tayyor.

Markaziy himoyachi Leonardo Bonuchchi "Union"dan kyetishi mumkin, deya xabar berdi Nikolo Skira.

Xabar qilinishicha, 36 yoshli Bonuchchi faxriy himoyachi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini o'rganayotgan Italiyaning "Roma" jamoasiga o'tishga qiziqish bildirgan. Bonuchchi Evro-2024da milliy terma jamoaga kirish uchun Italiyaga qaytmoqchi.

Leonardo Bonuchchi joriy mavsum "Union" tarkibida 10 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira