Bonuchchi: "Serxio Ramos - dunyoning eng yaxshi himoyachisi"

Aslanov Jasurbek
30 avg 2017, 11:35
"Milan" va Italiya terma jamoasi Leonardo Bonuchchi "Real" va Ispaniya terma jamoasidagi hamkasbi Serxio Ramosni maqtadi.

Ispaniya va Italiya terma jamoalari JCH-2018 saralash bahslarida o'zaro bahs o'tkazishadi.

"Serxio Ramos - jahonning eng yaxshi himoyachisi. Uni juda qadrlayman, Ramos ko'p qirrali futbolchi" - deydi Bonuchchi.

Bundan tashqari, Bonuchchining so'zlariga ko'ra, "skuadra adzurra" ispan terma jamoasiga yoqimsiz syurpriz taqdim etishga tayyor.

Ispaniya hamda Italiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs 2 sentyabr kuni ispanlar maydonida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca