

“Yuve”ni tark etishim oson bo'lmagan. Buning o'ziga yarasha sabablari bor. Meni sotqin va boshqa shunga o'xshash so'zlar bilan haqorat qilishdi. Men jamoam uchun borimni berganman va yakunda bu kabi so'zlarni eshitish ko'nglimni xira qildi.
Men jamoadan pul uchun ketganim yo'q. Hozir Turinda qancha ishlagan bo'lsam, bu yerda ham deyarli shuncha pul ishlab topayapman. “Yuve” bilan ko'p dovonlarni bosib o'tdim. Men buyuk chempionlar safida to'p tepdim, ularsiz bu kabi muvaffaqiyatga erisha olmasdim” deydi Bonuchchi.



