Bonuchchi "Man Siti"ga ko'chib o'tishdan bosh tortdi

28 avg 2020, 23:01
Italiyalik futbolchi Turinni tark etmoqchi emas.

"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Manchester Siti"ga ko'chib o'tishdan bosh tortdi, deya xabar qildi Sky Sport Italia. O'yinchining transferiga "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola qiziqish bildirgan. Biroq, Bonuchchi "Siti" rahbariyatiga taklif uchun minnatdorchilik bildirib, faoliyatini "Yuventus"da davom ettirmoqchiligini ma'lum qilgan. Bonuchchi "keksa sinora"ning yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo qurayotgan yangi loyihaning bir qismiga aylanmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia