Boni: "Manchester Siti"ga o'tish men uchun juda muhim voqea"

Aslanov Jasurbek
9 mar 2015, 11:10
"Manchester Siti" hujumchisi Vilfrid Boni o'zini "Manchester Siti"da qanday his qilayotgani haqida so'zlab berdi.

"Gollandiyadan Angliyaga ko'chib o'tganimda, katta bosimni his qildim. "Suonsi" safida debyut qilganimdan so'ng, bir necha uchrashuvda gol ura olmadim. Ammo bu eng yaxshi bo'lish uchun sinovlardan biri. "Manchester Siti"ga o'tish men uchun juda muhim voqea, lekin o'z imkoniyatlarimdan unumli foydalanishim uchun, ter to'kib ishlashim kerak. Men bu erga kelganimga bir necha hafta bo'ldi va hozircha ko'nikishga harakat qilyapman" - deydi Boni.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com