Bonaventura kelajagi borasida bir qarorga keldi

24 apr 2020, 08:30
Jakomo yozda “Milan”ni erkin agent sifatida tark etadi.

Avvalroq Bonaventuraga da'vogar sifatda “Lacio” hamda “Atalanta” ko'rsatilayotgandi. Ma'lum bo'lishicha, Jakomo faoliyatini “Torino” klubida davom ettirishga qaror qilgan.

“Torino” klubi rahbariyati futbolchiga rasmiy taklif bilan chiqqan va shartnoma bo'yicha rozilik olgan.

30 yoshli Bonaventura “Milan”ga 2014 yil “Atalanta”dan 7 mln evro evaziga o'tgandi. U joriy mavsum klub safida 19 ta o'yinda 3 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport