Bolt futbolchi bo'lish uchun mashg'ulotlarni boshladi (VIDEO)
Aslanov Jasurbek
30 yanv 2018, 10:43
Futbolchi bo'lishni orzu qilgan yamaykalik engil atletikachi, sakkiz karra Olimpiada chempioni Useyn Bolt o'z maqsadiga erishdi va mashg'ulotlarni boshladi.
Bolt Janubiy Afrika Respublikasining "Mamelodi Sandaunz" klubida shug'ullanmoqda. Pretoriya jamoasi ayni damda milliy chempionatda yetakchilik qilmoqda.
31 yoshli yamaykalik o'tgan yilning yozida engil atletikani tark etgan edi.