"Boka Xuniors" "Manchester Yunayted" hujumchisini xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2023, 13:04
"Boka Xuniors" "Manchester Yunayted" hujumchisi Fakundo Pelistri holati bilan qiziqmoqda.

Jurnalist Luis Fregossining xabar berishicha, Argentina klubi 21 yoshli urugvaylik futbolchini ijaraga olishga tayyor.

Hujumchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi bitimi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 6 million evroga baholamoqda.

Pelistri o'tgan mavsumda 11 ta o'yinda ishtirok etib, 1 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Boca Radio/TV