Bogdan Xaushi "Buxoro" bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2015
"Buxoro" klubi kecha yangi futbolchilarni tanishtirdi.
Aleksandr Mochinov boshchiligidagi jamoa safiga mavsumlar oralig'ida yil ikki nafar legioner qo'shildi.

Moldovalik Vadim Krvachesku va ruminiyalik Bogdan Xaushi yangi mavsumni "Buxoro" safida boshlashadi.



Kechagi tanishtiruv marosimida Xaushi ishtirok eta olmadi. Lekin u "Buxoro" safida 23-raqamda o'ynashi ma'lum bo'ldi.


1985 yilda tug'ilgan himoyachi bundan oldin Moldovaning "Tiraspol" klubida o'ynayotgandi. Faoliyati davomida Ruminiyada "Baya Mare", Moldovada "Iskra Stal", "Zimbru" va "Rapid", Ukrainada "Zakarpat" kabi klublarda o'ynagan.

Xaushi 2009 yil "Iskra Stal" klubi safida Moldova chempionati bronza medali sohibi bo'lgan. 2013 yilda esa "Tiraspol" bilan birga Moldova kubogini qo'lga kiritgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcbuxoro.com