Bobur Zuhriddinov: “Mashal"ni ro'yxatdan chiqarishga shoshmay turing"

Administrator
22 mar 2023, 20:23
Pro-liganing 2-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Mashal" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Bobur Zuhriddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- "Qo'qon-1912" jamoasini g'alaba bilan tabriklaymiz. Jangovor o'yin bo'ldi. Bazi vaziyatlarda mezbonlar, ayrim xolatlarda biz ustunlikka ega bo'ldik. Bu o'yinda durang bo'lishi yoki biz ham yutishimiz mumkin edi. "Qo'qon-1912"da Sanat Shixov "Sehrli tayoqcha" rolida bo'ldi, biz buni hisobga olmagan ekanmiz. 

- O'yin boshlanishidagi majburiy o'zgarish rejalaringizga ta’sir ko'rsatdimi?

- Albatta, ta’sir ko'rsatdi. Biz "Qo'qon-1912"ga qarshi jiddiy hozirlik ko'rgandik. Ularning "Sho'rtan"ga qarshi o'yinini ko'rib, ojiz nuqtalarini aniqlashga uringandik. Majburiy o'zgarish qisman bo'lsa ham rejamizga ta’sir ko'rsatdi.

- Mashhur Muhammadjonovning o'yiniga etirozingiz bormi?

- Mashhur Muhammadjonov o'yinga tayyor emasdi deb ayta olmayman. Botir Nosirov darvozabonlar bilan juda yaxshi ish olib boradi. Biz bugun darvozabonning xatosi evaziga mag'lub bo'lganimiz yo'q. 

- "Dinamo"ga qarshi o'yin bilan solishtirsak, tarkibda 5 ta o'zgarish bo'lgan. Hozirda jamoaning optimal tarkibi tanlab olingani yo'qmi?

- O'tgan o'yinda biz 3 ta to'p o'tkazdik. Shu boisdan ham o'z darajasida o'ynay olmaganlarni almashtirdik. Hozir 80 foiz optimal tarkib aniq. Kichik o'zgarishlar bo'lib turibdi.

Bu yil hech bir jamoani Superliga yo'lida favorit deb ayta olmayman. Kurash qizg'in kechadi. Ishtirokchi jamoalardan 70 foizini asosiy raqib sifatida bilaman. 

Qizil kartochkadan keyin himoyaviy futbol o'ynamadik. Aksincha, hujumkorlikni oshirdik. Chunki 1:0 hisobida yutqazayotgandik, yo'qotadiganimiz yo'q edi, shu bois oldinga bordik.

Alohida aytib qo'yish joiz, siz "Mashal"ni hozir ro'yxatdan chiqarib qo'ymang turing. Chunki oldinda o'yinlar ko'p, kurash endigina boshlandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia