Bobur Yo'ldoshev: "Yuragim bilan bog'liq muammolar tufayli futbol o'ynash mumkin emas deyishgandi"

Narzulla Saydullayev
20 okt 2016, 11:34
"Lokomotiv" klubi himoyachisi Bobur Yo'ldoshev oliy liganing o'tgan turida "Qo'qon-1912" bilan bahsda maydonga tushdi.

Futbolchi 329 kunlik tanaffusdan so'ng nihoyat maydonga tushib, "temiryo'lchilar"ning g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.

"O'tgan yil olimpiya terma jamoasi bilan yig'in o'tkazgandik. O'shanda tibbiy ko'rikdan o'tgach shifokorlar mening yuragimda muammo borligini va futbol o'ynashim mumkin emasligini aytishdi. Bu jiddiy edi, aks holda ruxsat berishgan bo'lardi. Bir oyda yaxshi bo'ladi deyishdi. Qayta tibbiy ko'rikdan o'tganimdan keyin ham menga ruxsat berishmadi. Shundan keyin Moskvaga tibbiy ko'rikdan o'tishga bordik. U yerdagilar barchasi joyida ekanligini bemalol borib o'ynasang bo'ladi deyishdi. Biroq bu yerdagilar baribir 6 oy kutamiz shundan keyin o'ylab ko'ramiz deb javob berishdi.

"Lokomotiv" klubi rahbariyati meni Germaniyaning Myunxen shahriga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun yuborishdi. U yerda yuragim bilan bog'liq barcha narsalarni tekshirishdi. Tashxis natijalari yaxshi chiqdi. Toshkentga qaytib barcha qog'ozlarni shifokorlarga ko'rsatdim. Faqat shundan keyingina maydonga tushishimga rozi bo'lishdi", - deydi Bobur Yo'ldoshev "Futbol Ekspress" gazetasiga.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia