Mashg'ulotlarni esa “Rubin”ning o'rinbosarlar jamoasi bilan o'tkazmoqda. Xabaringiz bor, kuzda BAA stadionlarida kechadigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi ham ishtirok etadi. Ushbu musobaqaga Dilshod Nuraliev nomzodlarni puxta tayyorlab bormoqda. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, yoshi U-17 o'smirlar terma jamoasiga to'g'ri keladigan Bobur Davlatov ushbu JCH o'yinlarida termamizga yordam bera olmaydi. Boisi Davlatov yodingizda bo'lsa, 2011 yili Meksikada o'tgan o'smirlar terma jamoamiz tarkibida ham ishtirok etgandi. FIFA reglamentiga ko'ra, o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida bitta futbolchining ketma-ket ikki marotaba ishtirok etishiga ruxsat yo'q.
Shu bois endilikda Bobur Davlatov 1995 yilda tug'ilgan futbolchilar ishtirokida tuzilgan U-19 yoshlar terma jamoasi va undan katta yoshdagi terma jamoalardagina o'ynay olishi mumkin. Eslatib o'tamiz, U-19 yoshlar terma jamoasiga Aleksey Evstafeev ustozlik qilmoqda.
Islombek Rustambekov