Bobir Abdixoliqovga Turkiya va Polsha klublari qiziqmoqda

Og'abek Samisov
14 may 2022, 21:27
Belarus chempionatini "yondirayotgan" hamyurtimiz yanada kuchli klubga o'tishi mumkin.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Abdixoliqovga Turkiyaning birinchi ligasida ishtirok etuvchi "Samsunspor" klubidan qiziqish mavjud. Bundan tashqari, Polshaning yuqori divizionida qatnashuvchi klub ham "Energetik-BGU" futbolchisini o'z safida ko'rmoqchi. 

Ma'lumot uchun, Bobir Abdixoliqov bu mavsum Belarus chempionatida hozirgacha 8ta o'yinda 9ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Og'abek SamisovMuallif
Manba: championat.asia