Bobir Abdixoliqov: "Neftchi"ga o'tganim yo'q"

Narzulla Saydullayev
10 noya 2024, 18:22
O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Nasaf" klubi hujumchisi Bobir Abdixoliqov o'zi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi.

Mavsum oxirida futbolchilarning transferi haqida turib xabarlar chiqadi. Bu tabiiy jarayon. Lekin mening "Nasaf" bilan yil oxirigacha shartnomam bor. Hali oldinda OCHLda va Superligada ikkitadan tur bor.

"Neftchi"ga yoki boshqa klubga o'tganim yo'q. Takliflar bo'lsa mavsum tugagach, agentim bilan birga ko'rib chiqamiz", - dedi Bobir Abdixoliqov championat.asia saytiga.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia