Bobir Abdixoliqov: "Murabbiyning talablarini bajarishga harakat qildik"

Aslanov Jasurbek
9 avg 2020, 22:10
Vadim Abramov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasining Toshkentdagi bir haftalik yig'ini yakunlandi.

Terma jamoamizning "Sug'diyona"ga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng iqtidorli hujumchi Bobir Abdixoliqov fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Uchinchi avgust kuni yig'inni boshladik. Bir hafta davom etgan o'quv-mashg'ulot yig'ini o'z nihoyasiga etdi. Birinchi bo'lib O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan, keyin esa "Sug'diyona" bilan o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdik. Asosiy e'tibor jamoaviy o'yinni shakllantirishga qaratildi. Murabbiyning talablarini bajarishga harakat qildik",- deydi "Nasaf hujumchisi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia