Boatengdan kutilmagan javob: "Barselona"ga chiroyli suratlar uchun kelganman"

Aziz Tukhtamuradov
7 apr 2019
"Barselona" yarim himoyachisi Kevin Prins Boateng Instagramdagi sahifasi orqali muxlis bilan yozishdi.

"Atletiko"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng u "Qanday jamoa" degan izoh bilan surat joylashtirdi. 

Izohlarda esa muxlis unga "Siz jamoaga faqat suratga tushish uchun kelganmisiz?" deb savol berdi. Futbolchi esa unga "Ha, faqat chiroyli suratlar uchun" deb javob qaytardi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: instagram.com/princeboateng