Boateng yo'l transport hodisasiga uchradi

Mirjalol Normatov
31 mar 2020
"Bavariya" futbolchisi Jerom Boateng o'zining "Mercedes"ida yo'l transport hodisasiga uchradi.

"TV Oberfranken" ma'lumotiga ko'ra, futbolchi Leyptsigga o'g'lini oldiga ketayotgan bo'lgan. Myunxen yaqinida u yo'l chekkasidagi to'siqning ustiga chiqib ketgan. Qayd etish kerak, uning mashinasida yozgi shinalar taqilgan va bu bilan qorli havoda yurib bo'lmasdi. Boatengga hech qanday jarohat etmagan. Biroq avariya 25 ming evro zarar keltirgan.

31 yoshli himoyachi ushbu mavsumda "Bavariya" tarkibida barcha turnirlarda 24 o'yinda qatnashdi va 1 golga assistentlik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TV Oberfranken