Boateng: "To'rt yil oldin Germaniya cho'qqida edi, bugun esa jarlikda"

Aslanov Jasurbek
29 iyun 2018, 12:09
Germaniya terma jamoasi himoyachisi Jerom Boateng JCH-2018dagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng o'z "Instagrami" orqali muxlislarga murojaat qildi.

"Fojia. JCH-2018 biz kutgandek bo'lmadi. Hali ham g'azabdaman va bizni stadionlarda hamda televizor qarshisida qo'llab-quvvatlagan muxlislar uchun afsusdaman.

To'rt yil oldin dunyo cho'qqisida edik, endi esa jarlikdamiz. Hozir havas qiladigan payt emas.

Faqat muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Nima noto'g'ri bo'lganini tahlil qilib, ishlashda davom etamiz. Kuchli bo'lib qaytishga vada beraman" - deydi Boateng.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com