"BML" Kubogi 2-tur yakunlandi

Narzulla Saydullayev
15 apr 2015, 16:49
Soat 17:00da BML Kubogining 2-turi bo'lib o'tdi.
Musobaqa jadvali 24 soat ichida e'tiboringizga havola etiladi.

Savollar mazkur sahifada har 10 daqiqada berib boriladi.
Qoidalar bilan tanishtirib o'tamiz:

  1.   Chat qilmaslik.
  2.   Flud (bitta gapni qayta-qayta) qoldirmaslik.
  3.   "CA" tomonidan javob berilganidan so'ng qoldirilgan javoblar inobatga olinmaydi.
  4.   O'quvchining birinchi javobi qabul qilinadi.
  5.   Javob bergan o'quvchi tomonidan qoldiriladigan keyingi har qanday fikr o'chiriladi.

Qonun-qoidaga amal qilmagan o'quvchi 24 soatga blok qilinadi.

Savolga birinchi to'g'ri javob bergan ishtirokchiga 2, qolgan to'g'ri javob berganlarga 1 ochkodan beriladi.


SAVOL #1: 17:00 - 17:10 (vaqt): "Mashal" klubining oliy ligada dastlabki golini qaysi futbolchi urgan?
Javob: 1995 yil oliy liganing 4-turida Aleksandr Xvostunov

SAVOL #2: 17:10 - 17:20 (vaqt): Oliy liga tarixida bugunga qadar 1000 tadan ortiq gol o'tkazgan klublar nomini ayting.
Javob: "Buxoro" (1011ta) va "Andijon" (1044ta)

SAVOL #3: 17:20 - 17:30 (vaqt): 2012 yilgi oliy ligada 3ta penalti belgilagan lekin umuman qizil kartochka ko'rsatmagan hakam nomini ayting.
Javob: Aziz Asimov

SAVOL #4: 17:30 - 17:40 (vaqt): 2001 yil oliy ligada "Do'stlik" jamoasining to'purari kim bo'lgan?
Javob: Azamat Abduraimov

SAVOL #5: 17:40 - 17:50 (vaqt): (ODIL SHARIPOV savoli) O'zbekistonda 1986-1988 yillarda bir xil nom bilan ataladigan ikkita futbol klubi bo'lgan. Ushbu klublarning nomini ayting?
Javob: "Paxtakor" (Toshkent va Andijon)


Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Bundan keyingi javoblar qabul qilinmaydi. Musobaqa jadvali ertaga taqdim etiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia