Blez Matyuidi: "PSJ g'alabaga munosib edi"

Aslanov Jasurbek
18 fev 2015
PSJ yarim himoyachisi Blez Matyuidi "Chelsi"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvi (1:1) haqida fikr bildirdi.
"Chelsi" uchun mehmondagi gol katta ahamiyatga ega ekanligini bilardik, shu sabab hisobni tenglashtirishga harakat qildik. Uchrashuv boshida raqib ustunlik qildi, ammo asta-sekin biz muvozanatni tiklashga urindik. Bu o'yinda PSJ g'alabaga munosib edi. "Ko'klar" bor-yo'g'i bitta imkoniyat yaratib, undan unumli foydalana olishdi. Londondagi bahs qiyin bo'ladi, ammo biz qo'limizdan kelgan barchasini qilamiz" - deydi futbolchi.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: football.kulichki.net