Blatter FIFA videolavhalarni ishlatishga tayyorligini ma'lum qildi

Tolibjon Qosimov
28 iyun 2014, 12:10
FIFA prezidenti Yozef Blatter, futbol xalqaro federatsiyasi bahsli holatlarda videolavhalarni ishlatishga ruhsat berishga tayyorligini ma'lum qildi.
Blatterning fikricha, bu futbolni yanada haqqoniy qiladi va hakamlarga yordam beradi.

“Biz hakamlarga qo'shimcha yordam ko'rsatishimiz, futbolni haqqoniyroq qilishimiz kerak va murabbiylarga videoisbotlarni taqdim etishimiz lozim. Bunday imkoniyatdan bir bo'limda ikki marta foydalanish mumkin. Bunday videolarni penalti belgilanayotganda qoida buzarlik bo'ldimi yo'qmi, futbolchi chiziq ichida yiqildimi yoki tashqarisidami kabi holatlarda ishlatish mumkin.

Hakam va murabbiy maxsus monitorlarga qarab nimanidir o'zgartirish kerakligini bilib olishadi. Albatta, bunday payt o'yin to'xtatiladi. Bu bahsli o'yindan tashqari holatlarga ham bog'liq” – deydi Blatter.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com