Blatter: "Braziliya "Gremio"ni chetlatib qolganlarga namuna bo'ldi"
Aziz Tukhtamuradov
4 sen 2014, 19:30
FIFA prezidenti Zepp Blatter, muxlislarining irqchilik ruhidagi harakatlari uchun "Gremio"ni Braziliya Kubogidan chetlatgan Braziliya futbol konfederatsiyasini maqtadi.
"Futbol irqchilik bilan qattiqroq muomalada bo'lishi kerakligini aytganman. Muxlislarining noo'rin qiliqlari uchun "Gremio"ni mamlakat Kubogidan chetlatgan Braziliya qolganlarga namuna bo'ldi" - deydi Braziliya.