Blatter: "Bokschilarning hamma uradigan qopiga aylanganimdan afsusdaman"

Aslanov Jasurbek
21 dek 2015
FIFA prezidenti Yozef Blatter o'zining futboldan chetlatilishiga izoh berdi.

"Uzr so'ramoqchiman. FIFAning barcha a'zolari uchun kechirim so'rayman. Bokschilarning hamma uradigan qopiga aylanganim uchun. Bu dunyoda insoniylik sifatlarim tufayli jazolashganiga uzr so'rayman.

To'lov borasida aniqlik kiritgan edik. Bu 1998 yilda bo'lgan, Platini FIFA uchun kerakli ishni bajarishini va uning pulini tezda bera olmasligimni og'zaki kelishgan edik. FIFA qonunlarida og'zaki kelishuvlarga ruhsat berilgan.

O'z nomim va FIFA uchun kurashamanmi? Nega meni sakkiz yilga chetlatishganiga tushunmadim. Ahloq qo'mitasi isbotlarni ko'rsatmayotganidan men uyalyapman. Chetlatilganim haqida ularning o'zidan emas, matbuotdan bildim" - deydi Blatter.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian