"Bizning borimiz shu" - Zidan ishtirokidagi matbuot anjumani

Mirjalol Normatov
19 may 2019, 18:42
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Betis"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

"Endi biz keyingi mavsum haqida, muxlislarimizni quvontirish borasida o'ylashimiz kerak. Mavsumlar oralig'ida yaxshi tayyorlanmoqchimiz.

Jamoa boricha kurashadi deb ayta olmayman, biroq boshidan to oxirigacha barcha o'yinlarda g'alaba uchun o'ynaydi.

Bu "Real"ning ilk yomon yili emas. Yomon yildan keyin yaxshisi keladi. Biroq ushbu mavsumni unutish mumkin emas.

Ishlar yomon ketayotgan bo'lsa ham barchasini to'g'ri qabul qilish kerak. Barcha mas'uliyatni o'z bo'ynimga olaman. Bizda 11 o'yin bor edi va ularning 5tasida yutib, 4tasida mag'lub bo'ldik. Bizning borimiz shu.

Bahona qilmaymiz. Barchadan birma bir kechirim so'rashga tayyorman", - dedi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca