Biz Utkin bo'la olamiz, Sizchi?

Nadirkhuja Yuldashev
6 iyul 2013, 14:32
Bunyodkor – Lokomotiv o'yinidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida Mirjalol Qosimovni o'rnini egallagan Murod Otajonov, bir nechta vaziyatlarda uchrashuv hakamini noto'g'ri qaror chiqarganligi haqida aytib o'tdi.


Norbek Niyozovning, hakamdan tashqari o'zingizda bir qancha imkoniyat bo'ldi-ku degan savoliga, murabbiy shunday javob berdi:
– …. Mana sizlar ham Utkin kabi yoza olmaysizlar, hammamizni darajamiz shu. Bizning ham darajamiz shu, futbolchilarning ham… (etirozga hojat yo'q, "zapis" bor).


Matbuot anjumani yakuniga etganidan so'ng, juda ko'plab OAV vakillarini bu javob achchig'iga sabab bo'ldi. Keling sovuqqonlik bilan muloxaza yuritamiz. Haqiqatdan ham bizning eng yuqori notamiz shumi? Menimcha unday emas. Lekin futbolchi va murabbiylarimizning saviyalari shunday ekanligi hammaga ayon. Agar so'nggi ikkita Toshkent derbisidan chiqib oliy ligaga umumiy baho beradigan bo'lsak, tamom bo'libdi ichki chempionatamiz. Uchrashuv qaydnomasiga emas, real qarasak Paxtakor – Bunyodkor va Bunyodkor – Lokomotiv o'yiniga jami 6 000ta ham tomoshabin kelmagan. Muxlislarni sifatsiz mahsulot bilan boqqandan keyin, ishqiboz stadionga kelarmidi? Yoki biz saviyasiz futbolni el klassiko yoki Angliya derbisini yoritgandek maqtaylikmi? Lekin biz Utkin bo'lishimiz mumkin, ammo sizlar Mourinyo yoki Krishtanu bo'la olasizlarmi? Menimcha yo'q. Ammo sizlarda buning uchun hamma sharoitlar bor, bo'lganda ham harajat cho'ntakdan emas. OAVda esa bu sal boshqacharoq. Qiyinchilik bilan yo'lga qo'ygan sayti yoki gazetasini, Utkinga o'xshab tanqid bilan to'ldira olmaydi deb o'ylaysizmi? To'ldira olganda qando-ki! Agar hamma jurnalistlar kelishib hakamlardan tortib, o'yinni sotuvchi murabbiylarga. Byudjet pulini otkat orqali kalamushdek kemirayotgan murabbiy-u, shu futboldan dam olish o'rniga kelishilgan o'yinni ko'rib ketayotgan muxlisning nolasigacha yozishimizni istaysizmi? Ishonavering, biz bu saviyada yoza olamiz. Lekin bu o'zingizga qimmatga tushadi. Bitta tanqid chiqib qolsa, jurnalistni raqamini qidirib qolasizlar, tag'in bizning darajamiz past ekan. "Stadion.uz" saytida Utkin qanday uslubda yozishi  tarjimasi va misollari bilan keltirildi. Menimcha bu uslub bizning mintalitetimizga xos emas. Umuman olganda rusiy zabon murabbiylar o'zbek matbuotini o'qisharmikin?


Hech o'ylab ko'rganmisiz, nima uchun MTJ o'ynasa ko'payib ketamiz-u, ichki chempionatda sanoqlimiz? Javobi oddiy, biz uyalamiz sifatsiz mahsulotni muxlisga taqdim etgani. Chunki oliy liganing saviyasidan ustun bo'la olmaymiz. MTJ o'ynasa kuniga xabar, suratlardan tortib videolargacha. Aslida chet elda, har bir tur uchrashuvi huddi biz MTJni yortiganimizdek yoritiladi. Lekin nima ham qilaylik, biz sizning saviyangizdan oshib o'ta olmaymiz. Undan tashqari bugungi futbol jurnalistlari futbolga moddiy manfat sifatida qaramaydilar. Sharoit ko'tarmaydi. Bitta o'yinni yutgan futbolchi va murabbiy 3-20 mlgacha bo'lgan pulni ishlaydi. Shu sifatsiz o'yinni sharhi uchun jurnalist nari borsa 20 000 so'm ishlaydi. Yana bir qiziq holat, qachongacha biz Sizlarni nolalaringizni eshitamiz? Shu kungacha bironta murabbiy, "hoy uka qiyinchilik yo'qmi ishingda",- deb so'ramagan.


Futbol ichida eng kam daromad aynan jurnalistlarga tegishli. Lekin eng fidoiy insonlar ham bugungi kunda shu jurnalistlar. Futbolda murabbiydan tortib, futbolchigacha. Hakamu, nazoratchigacha eng oxirgi modeldagi mashinalarda yurasizlar. Jurnalistlar muxim voqeani yoritish uchun tashashib taksida ketishadi. Bir kun keladi, bizda ham futbol OAV oliy ligadan ustun turishni boshlaydi. Menimcha bu kunlarga ham oz qoldi. Aslida shunday saviyaga tushib qolganimizga ham o'zimiz aybdormiz. Jurnalist, jurnalistni kamchiligini qidirish bilan ovora bo'lib qoldik. Matbuot kotiblarini-ku aytmasangiz ham bo'ladi. Bundan uch kun avval Facebookdagi sahifamda shunday yozgan edim:


Lekin jurnalist murabbiy va futbolchi kabi o'zaro jan-jallashishi kerak emas. Huddi-ki biron klub o'z jurnalistiga tog'dan dacha, Asakadan Malibu, AQSHdan Iphone, Markazdan Grabus uy olib bergandek. Aslida barchamizni qadrlashmaydi. Biz esa ahmoqlarga o'xshab ular uchun jonimizni berib, dahanaki jang olib boramiz! Qadringni bil matbuot kotibi deydigan odam yo'q. Yilda bir horij yig'iniga olib borsa xursand bo'lamiz. Beradigani Xitoyning ekipirovkasi. Qadring shumi Matbuot kotibi?


Xullas gapirsa gap ko'p. Avvallari bizda qanday kuchli o'yinchilar chiqqan-a? Abduraimov, Krasnickiy, Fyodorov, Qosimov, Shkvirin... Nima uchun o'shanda saviyamiz baland bo'lgan-u, hozir tushib ketdi. Menimcha sanab o'tgan futbolchilarimizni tarbiyalaydigan yaxshi murabbiylar bo'lgan...



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia