Buni futbolimiz ixlosmandlari tasdiqlashi turgan gap.
Zero, futbolchilarimiz guruh bahslarida o'zlarining ishonchli harakatlari bilan barchani quvontirishdi. Ular avvaliga Panama terma jamoasini yutishib, xalqimizga bir olam sevinch ulashgan bo'lishsa, biz hayiqib kuzatgan Marokashga qarshi uchrashuvni ham oqilona va yuqori saviyada o'tkazishdi. Xorvatiyalik tengdoshlarini esa O'zbekiston desa yuragini hovuchlaydigan qilishdi. Bundan faxrlanmay bo'ladimi, axir.
Umuman olganda, yigitlarimiz o'yinini kuzatar ekanman, qalblariga vatan g'ururini jo qilganliklarini sezdim. G'alabaga bo'lgan irodalari ko'rib, kelajakdagi O'zbekiston terma jamoasiga munosib nomzodlarni kashf qildim. Dilshod Nuralievning qo'llayotgan taktikasi ish berayotganiga qoyil qoldim. Hozirda, jamoa o'yinchilarining qaysi birini alohida ko'rsatgim yo'q. Negaki, barcha-barchasi murabbiyining topshiriqlarini imkon qadar bajarishdi va bajarishayapti. Asosiysi, kuchli sanalgan guruhdan chiqish vazifasini qoyilmaqom ravishda uddalashdi.
Gonduraslik yoshlarga qarshi kechadigan o'yinda Jamshid Boltaboevning o'rni bilinishi tabiiy. Shunga aminmizki, jamoamiz zaxirasida uning o'rnini bosadigan futbolchilar bor. Dilshod Nuraliev bu borada ham to'g'ri qaror qabul qilishiga ishonchimiz komil. Demak, bugungi uchrashuvda ham vakillarimiz muvaffaqiyatli odimlarini davom ettirishib, O'zbekistonimiz nomini yana bir bor ko'klarga ko'tarishadi.
Aziz futbolchi ukajonlarimiz va murabbiylarimiz, Sizlarga bugungi o'yinda ham g'alaba yor bo'lsin! Omad sizga! Biz siz bilan doimo birgamiz!
Ikrom XUDOYBERGANOV,
Urganch shahri.