

Ko'zlari qonga to'lgan Liverpul .

Premer-liga planetamizning birinchi raqamli chempionati ekanligini mana shunday o'yinlar orqali isbotlab beradi va isbotlab kelmoqda ham. Bugun futbolchilar murabbiy uchun, Klopp uchun o'ynashdi. Maydonda futbol o'lchovlariga sig'maydigan voqealar bo'lib ketdi. Aslida “Manchester Yunayted” u qadar yomon o'ynamadi, shunchaki Enfild yigitlarining ko'zlarida olov yondi. Robertson ilk taymning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi, Trend himoyada xatolarga yo'l qo'ymadi, Van Deyk qala qo'mondonligiga qaytdi yangi kelganlar (Nunes va Gakpo ikkalasida ham dubl) jamoaning bir bo'lagi sifatida sinxronlashdi. Bahs katta ehtimol Liverpulning joriy mavsumdagi burilish nuqtasi bo'ladi. Biz nihoyat Liverpulni tanidik. Klopp bunga majbur qildi barchani. Principial raqib ustidan yirik g'alaba omadsiz o'yinlardagi g'uborlarni yuvib ketadi. Nihoyat Klopp yangi kelganlarni jamoa o'yiniga singdira oldi.
“Manchester Yunayted”da hammasi joyida.

“Qizil iblislar” yirik mag'lubiyatga munosib emasdilar. Raqib tomonidan berilgan 8 aniq zarbaning 7 tasi gol bilan yakunlandi. Shunchaki bugungi kecha Liverpulniki edi. Ten Xag o'yin yakunigacha xotirjam tarzda bahsni kuzatdi. Bugun Klopp jamoasi shunday o'ynadiki istalgan raqib Enfild sexriga dosh berolmasdi. “Manchester Yunayted”ning keyingi o'yini Yevropa Ligasi doirasida Betisga qarshi bo'larkan (katta ehtimol yirik g'alaba qozoniladi). Ispanlar “Old Trafford”ga hammasiga shay holatda kelaverishsin (ularga oson bo'lmaydi). Ten Xag va Manchester bilan hammasi joyida, bugun shunchaki ularning kuni emas edi.
Jaloliddin Xalilov



